Van Deyk dunyoning eng ko'p maosh oluvchi himoyachisiga aylandi
Photo: Getty Images
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk “qizillar” bilan 2027 yilga qadar shartnomasini uzaytirdi.
The Athletic xabariga ko'ra, niderlandiyalik 33 yoshli himoyachi endilikda “Liverpul” safida haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi. Taxminlarga ko'ra, bu Evropadagi himoyachilar orasida eng yuqori maosh hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, van Deyk 2018 yildan buyon “qizillar” safida o'ynamoqda. U shu vaqtgacha 314 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 13 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist