Van Deyk: «Biz koʻplab vaziyatlar yaratdik, ammo himoyada ham xatolarga yoʻl qoʻydik»
«Liverpul» sardori Virjil van Deyk Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Galatasaroy»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo himoyada ham xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘ylaymanki, birinchi bo‘limda gol urishga juda yaqin edik. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish va ularni gollarga aylantirish nihoyatda muhim. Biz yuqori bosim ostida, kuchli raqibga qarshi o‘ynadik», — dedi niderlandiyalik futbolchi UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Javob uchrashuvi 18 mart kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi. Van Deyk o‘z uyidagi o‘yin jamoasi uchun ustunlik berishiga ishonmoqda.
«Javob o‘yini bizning uyimizda bo‘ladi va bu, shubhasiz, biz uchun katta ustunlik. O‘z maydonimizda hammasi o‘z qo‘limizda. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — deya qo‘shimcha qildi himoyachi.