locale OZ

Van de Ven faoliyatini «MYU»da davom ettirishi mumkin

25 yoshli futbolchining «Tottenhem» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van de Ven faoliyatini «MYU»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanishi mumkin. Daily Mail nashrining xabar berishicha, «mankunianliklar» 25 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Qizil iblislar» himoyachining yuqori tezligi, to‘p bilan ishlash mahorati va kurashlarga kirishish qobiliyatini alohida e’tirof etishmoqda. E’tiborli jihati shundaki, futbolchining «shporlar» bilan shartnomasida uni sotib olish mumkin bo‘lgan aniq tovon puli belgilanmagan.

Mikki van de Ven 2023 yilda Germaniyaning «Volfsburg» klubidan 40 million yevro evaziga «Tottenhem»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘sha vaqtdan buyon u London klubining asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Futbolchining hozirgi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, bu «Tottenhem»ga muzokaralarda ustunlik beradi.

Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyachi uchun juda yuqori ko‘rsatkich — 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting