locale OZ

Van de Ven Aleksandr Isakdan uzr soʻradi

«Tottenhem» himoyachisi Isakka ogʻir jarohat yetkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van de Ven Aleksandr Isakdan uzr soʻradi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven «Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isakdan og‘ir jarohatga sabab bo‘lgan keskin podkat uchun uzr so‘radi. Niderlandiyalik futbolchi o‘z harakatlarida qasddan qo‘pollik bo‘lmaganini ta’kidladi.

«Men faqat uning “zarbasini” to‘sishga harakat qildim, bunda hech qanday yomon niyat yo‘q edi. Afsuski, Isakning oyog‘i oyoqlarim orasidan sirg‘alib ketdi… Unga sog‘liq tilab, xabar yubordim, u menga javob qaytardi. Uni imkon qadar tezroq yana maydonda ko‘rishga umid qilaman», — deya van de Venning so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Avvalroq «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Mikki van de Venning podkatini xavfli va ehtiyotsiz deb baholagan edi.

Shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak «Liverpul» safiga o‘tgan transfer oynasida kelib qo‘shilgan. U mersisaydliklar safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting