locale OZ

Van-Bissaka “Aston Villa”ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

Tomonlar 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van-Bissaka “Aston Villa”ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
Foto: Getty Images

“Vest Hem” va Kongo DR terma jamoasi himoyachisi Aaron Van-Bissaka “Aston Villa”ga o‘tishga yaqin turibdi. 28 yoshli futbolchi Birmingem klubiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yetib kelgan.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar Van-Bissakaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi “Aston Villa” safida ijara asosida to‘p tepadi.

Shuningdek, Birmingem klubi yaqin vaqt ichida Zion Suzuki va Matteo Rudjerining transferlarini ham rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Shu tariqa, “Aston Villa” yangi mavsum oldidan tarkibini bir nechta futbolchi bilan kuchaytirishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Van-Bissaka “Vest Hem” safida 2024-yildan buyon to‘p tepmoqda. U londonliklar tarkibida 65 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting