locale OZ

Valverde: «Vinisiusning yangi shartnomasi barchamizni xursand qildi»

Braziliyalik futbolchining yangi bitimi 2032 yilgacha amal qiladi.
Valverde: «Vinisiusning yangi shartnomasi barchamizni xursand qildi»
ФОТО: Getty images

“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan shartnoma uzaytirilganiga munosabat bildirdi. Braziliyalik futbolchining yangi bitimi 2032 yilgacha amal qiladi.

“Vinisiusning yangi shartnomasi barchamizni juda xursand qildi. Uning biz uchun qanchalik muhim ekanini va qanday qadriyatlarni ifoda etishini hammamiz yaxshi bilamiz”, — deya Valverdening so‘zlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.

Vinisius 2018 yil yozidan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. 26 yoshli futbolchi Madrid klubiga Braziliyaning “Flamengo” jamoasidan 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda vinger “Real” safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Umuman, Vinisius Madrid klubi safida 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urgan va 100 ta assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting