Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi nizo davom etmoqda
Madridning «Real» klubi sardori Federiko Valverde jamoa yarimhimoyachisi Aurelian Tchuamenini chorshanba kuni, 6 maydagi mashg‘ulotda sodir bo‘lgan nizo haqidagi ma’lumotlarni OAVga sizdirganlikda aybladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi ushbu ayblovlarni rad etib, matbuot bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan. Biroq, Valverde bugungi mashg‘ulot vaqtida ham maydonning o‘zida Tchuamenining ushbu ma’lumotlar tarqalishiga aloqadorligi haqidagi fikrini bildirishda davom etgan. Natijada, mashg‘ulotlar yakunlangach, futbolchilar o‘rtasida yana mushtlashuv kelib chiqqan va unda urugvaylik o‘yinchining boshi yorilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq klub prezidenti Florentino Peres vaziyatga shaxsan aralashgani va har ikki futbolchiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.