locale OZ

Valverde Tchuameni bilan janjaldan soʻng xotirasini yoʻqotdi

Voqea «Real»ning kiyinish xonasida yuz bergan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde Tchuameni bilan janjaldan soʻng xotirasini yoʻqotdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi va sardori Federiko Valverde jamoadoshi Aurelian Tchuameni bilan sodir bo‘lgan janjaldan so‘ng xotirasini yo‘qotdi. To‘qnashuv oqibatida urugvaylik futbolchi yiqilib, boshi bilan stolga urilgan. Voqea «qaymoqranglilar»ning kiyinish xonasida yuz bergan. Bu haqda El Chiringuito telekanali xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Valverde xotirasini butunlay yo‘qotmagan, biroq ba’zi voqealarni eslay olmayapti. Shu sababli futbolchi zudlik bilan kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Avvalroq OAVda Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi og‘zaki dahanaki jang kechagi mashg‘ulotlar vaqtida boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bugun, 7 may kuni ushbu nizo davom etgan va kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting