locale OZ

Valverde: «Rostini aytsam, anchadan beri bunchalik yaxshi futbol o‘ynamagan edim»

«Real» yarimhimoyachisi «Man Siti»ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde: «Rostini aytsam, anchadan beri bunchalik yaxshi futbol o‘ynamagan edim»
FOTO: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida «Manchester Siti» darvozasiga kiritgan xet-trigi (3:0) va jamoasining yirik g‘alabasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. UEFA rasmiy sayti orqali keltirilgan intervyuda urugvaylik futbolchi quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu shunchaki fantastik oqshom bo‘ldi! Har bir futbolchi shunday natijani orzu qiladi. Ortimda juda ishonchli o‘yin ko‘rsatgan va menga kuch hamda ishonch bag‘ishlagan jamoadoshlarimdan juda minnatdorman. Shuningdek, mavsum davomida bizga yo‘l ko‘rsatib kelayotgan murabbiylar shtabiga ham o‘z tashakkurimni bildiraman».

Valverde o‘z faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinni o‘tkazganini tan oldi:

«Agar gollar soni haqida gapiradigan bo‘lsak, shubhasiz, bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yin! Men maydonda haqiqiy zavq oldim, rostini aytsam, anchadan beri bunchalik yaxshi futbol o‘ynamagan edim. Men baxtliman, ammo eng muhimi — jamoamizning g‘alabasi».

U murabbiyning taktikasiga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Murabbiy aynan hujumda faol bo‘lishimni, oldinga intilishimni va keskin vaziyatlarni yaratishimni so‘ragan edi. Bu menga hujum chizig‘ida ko‘proq erkinlik berdi. Jamoadoshlarim esa ajoyib uzatmalar bilan ta’minlashdi».

Valverde javob o‘yini oldidan xotirjamlikni saqlash muhimligini ta’kidladi:

«Biz darvozadan amalga oshiriladigan uzoq masofali uzatmalarga alohida e’tibor qaratdik. «Siti» yuqori pressing qo‘llashni yoqtiradi, bu esa ularning ortida bo‘sh zonalar paydo bo‘lishini anglatadi. Biz maydonda bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Manchesterdagi uchrashuvlar har doim og‘ir kechadi, shuning uchun u yerga xuddi hisob 0:0 bo‘lib turganidek, katta mas’uliyat bilan boramiz».

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting