Valverde «Real»ni tark etishi mumkin
Urugvaylik futbolchi Angliyaga yo‘l olish ehtimoli bor.
ФОТО: Getty images
"Real" yarim himoyachisi Federico Valverde o‘z jamoadoshi Aurelien Tchouameni bilan mojaro yuzaga keltirdi. Urugvaylik futbolchi boshidan jarohat olib, ikki haftaga maydondan chetlatildi.
Manbalarning xabar berishicha, Valverde "Real"ni tark etishi mumkin. "Liverpul" esa bu vaziyatdan foydalanishga tayyor turibdi. "Qizillar" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Joriy mavsumda Federico Valverde "Real" safida 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, ularda 9 ta gol urdi va 13 ta assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist