locale OZ

Valverde faoliyatini «MYU»da davom ettirishi mumkin

Urugvaylik yarimhimoyachi Alonsoning murabbiyligidan mamnun emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde faoliyatini «MYU»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Mirror nashrining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverdeni qo‘lga kiritishga jiddiy qiziqmoqda. Mankunianliklar urugvaylik futbolchining Madrid klubidagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Manbaga koʻra, Valverde «qirollik klubi»dagi bir nechta futbolchilar qatorida Xabi Alonso bosh murabbiyligidan mamnun emas. Agar ular o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmasa, yarimhimoyachi klubni tark etish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, «Real» 27 yoshli futbolchini 100 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. «Manchester Yunayted» esa Valverdening transferini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta golli uzatma berdi. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Valverdening bozor qiymati 130 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting