Valverde Chempionlar Ligasida xet-trik qayd etgan tarixdagi ikkinchi urugvaylik futbolchiga aylandi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi «Real» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Unda ispanlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Madridliklar yarimhimoyachisi Federiko Valverde birinchi bo‘limdayoq xet-trik qayd etib, tarixiy natijaga erishdi.
Valverde Chempionlar Ligasi tarixida xet-trik qayd etgan ikkinchi urugvaylik futbolchiga aylandi. Bungacha ushbu nufuzli turnirda «Deportivo» klubining sobiq hujumchisi Valter Pandiani 2000/2001 yilgi mavsumda xet-trik muallifi bo‘lgan edi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Real» pley-off bosqichiga qadar «Benfika»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Manchester Siti» umumiy bosqichda 16 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallagan edi.