locale OZ

Valid Regragi Marokash terma jamoasidan iste’foga chiqdi

50 yoshli marokashlik mutaxassis 2022 yilning avgustidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valid Regragi Marokash terma jamoasidan iste’foga chiqdi
ФОТО: Getty images

Marokash Qirollik futbol federatsiyasi Valid Regragi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e’lon qildi.

«Jamoaga yangi murabbiy bilan birga yangi qiyofa, o‘zgacha energiya va yangicha qarash kerak. O‘ylaymanki, JCH-2026 oldidan jamoa rivojlanishda davom etishi uchun unga yangi hayot va yangi tasavvur zarur. Mening ketish haqidagi qarorim ushbu jamoa evolyutsiyasining bir qismidir», — dedi Regragi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Marokash terma jamoasi Afrika Kubogi finalida Senegalga imkoniyatni boy bergan edi.

50 yoshli marokashlik mutaxassis 2022 yilning avgustidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida marokashliklar 49 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta g‘alaba, 8 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting