Valeriy Nepomnyashiy: O‘zbekistonda futbol yangi darajaga chiqdi
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Valeriy Nepomnyashiy intervyuda «oq bo‘rilar»ning JCH-2026dagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
«Shubhasiz, oxirgi 20 yilda O‘zbekistonda futbol yangi darajaga chiqdi. Hozir u yerda asr boshida bo‘lgan muammolar yo‘q. Jamoaning jahon chempionati final bosqichiga chiqishi esa – bunga qo‘shimcha isbot sanaladi. O‘ylashimcha, jamoaning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari bor, ustiga-ustak ular ancha yaxshi, degan bo‘lardim. Yuzaga kelgan vaziyat va barcha imkoniyatlarni hisobga olgan holda bu sodir bo‘lishi mumkin», - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi. Jamoa musobaqaning guruh bosqichida Kolumbiya (18 iyun), Portugaliya (23 iyun) va Kongo DR (28 iyun) bilan bahs olib boradi.