Valentin Barko «Chelsi»ga o‘tish arafasida
«Strasburg» yarim himoyachisi Valentin Barko yaqin orada «Chelsi» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda DNA Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga erishgan. «Ko‘klar» mazkur o‘tish uchun Fransiya klubiga 40 million yevro to‘laydi.
Qayd etilishicha, transfer 2026 yilgi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng rasman amalga oshiriladi. Hozirda Barko mundialda o‘z terma jamoasi safida ishtirok etmoqda.
Valentin Barko 2025 yilda «Brayton»dan 10 million yevro evaziga «Strasburg»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.