Valentin Barko «Chelsi» futbolchisiga aylanadi
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Valentin Barko «Strasbur»dan «Chelsi»ga o'tadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli argentinalik futbolchining transferi to'liq kelishilgan bo'lib, yaqin vaqt ichida u rasmiy ravishda London klubi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuv bo'yicha tomonlar o'rtasidagi kelishuv hali may oyidayoq amalga oshgan. Bunga «Chelsi» va «Strasbur»ning hamkor klublar ekani sabab bo'lgan.
E'tiborlisi, Barko avval ham Angliyada to'p surgan. U «Brayton» safida o'ynagan va 2025 yil yozida aynan shu klubdan «Strasbur»ga ko'chib o'tgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda Barko barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.