locale OZ

Valentin Barko «Chelsi» bilan kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida 2032 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valentin Barko «Chelsi» bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Brayton» yarimhimoyachisi, ayni paytda ijara asosida «Strasburg» sharafini himoya qilayotgan Valentin Barko «Chelsi» bilan olti yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda TalkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, argentinalik iqtidor egasining o‘yini London klubining sobiq bosh murabbiyi Enso Mareskada katta taassurot qoldirgan edi. Mareska iste’foga chiqarilgan bo‘lsa-da, «aristokratlar» futbolchi borasidagi rejalarini o‘zgartirmadi. Klub rahbariyati Barkoni jamoaning yangi ustozi Liam Rosenyor qo‘l ostidagi tarkibga integratsiya qilish niyatida.

Hozircha klublar o‘rtasida transfer bo‘yicha yakuniy kelashuvga erishilmagan, biroq Barkoning o‘zi «Chelsi» bilan 2032 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma bandlarini ma’qullab ulgurgan.

Ma’lumot uchun, Valentin Barko joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting