locale OZ

«Valensiya» APLdan futbolchi sotib olishga yaqin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Valensiya» APLdan futbolchi sotib olishga yaqin
Фото: Getty Images

Ispaniyaning "Valensiya" klubi Angliyaning "Lids" klubi vingeri Larji Ramazani bilan shartnoma imzolash bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Tribuna Deportiva nashri.

Manbaga ko‘ra, muhokamalar bir hafta oldin boshlangan. Belgiyalik futbolchi shaxsiy shartnoma borasida "ko‘rshapalaklar" bilan kelishib olgan.

Ramazani "Lids" safiga o‘tgan yozda "Almeriya"dan 7 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

U o‘tgan mavsumda 32 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting