locale OZ

«Vahima qilishga hojat yoʻq» — Harri Keyn «Bavariya»dagi kelajagi haqida gapirdi

Angliyalik hujumchining myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vahima qilishga hojat yoʻq» — Harri Keyn «Bavariya»dagi kelajagi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Myunxen klubidagi kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.

«Hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas, ammo vahimaga ham oʻrin yoʻq. Biz muzokaralarni mavsum yakunlanishidan oldin boshlamoqchi edik, biroq oldinda bizni Jahon chempionati kutyapti. Shunday boʻlsa-da, bu yer menga qanchalik yoqishini barcha biladi. Bu yerda muhit juda xotirjam.

Myunxenda uzoqroq qolish imkoniyatiga kelsak, men buni aniq koʻrib chiqaman. Bu borada «Bavariya» bilan hali gaplashganimiz yoʻq, ammo taklif boʻlsa, ochiq muloqotga tayyorman. Albatta, barchasi keyingi yil qanday oʻtishi va nimalarga erishishimizga bogʻliq», — deya Keynning soʻzlarini keltirmoqda Daily Mail.

Maʼlumot uchun, angliyalik hujumchi 2023 yilning yozidan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlanayotgan mavsumda Keyn barcha turnirlarda 51 ta oʻyinda maydonga tushib, daxshatli statistika qayd etdi — 61 ta gol va 7 ta golli uzatma.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting