locale OZ

Vadim Abramov: Biz bunday bahsga tayyor edik

Dinamo bosh murabbiyi Surxon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vadim Abramov: Biz bunday bahsga tayyor edik
photo: Dinamo FK

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Surxon" futbol o'ynaydigan jamoa hamda yuqori himoyalanishini bilardik. Biz bunday bahsga tayyor edik. Birinchi taymda ikkita gol urib vaziyatni qo'lga oldik va ikkinchi bo'limda shu tempni tushirmaslikka harakat qildik. To'g'risi, tanaffusdan keyin hisobni saqlab qolishga o'ynaganimizni aytib o'taman.

Samarqanddan muxlislarimiz kelib bizni qo'llab turishdi, ularga alohida rahmat. Oldinda tanaffus yuzaga keladi va bu oraliqda yaxshilab tiklanib olishga etibor qaratamiz. Sariq kartochkalar sabab qaysi o'yinchilarimiz keyingi o'yinda maydonga tusha olmasligini ko'rib chiqamiz",-dedi mutaxassis.


Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting