UzFHM «Qizilqum» - «Nasaf» o‘yinidagi penalti vaziyatiga munosabat bildirdi
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahsda bahsli epizod qayd etildi.
Фото: UzFHM
Ekspert hakamlar guruhi "Qizilqum" – "Nasaf" uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan ma'lumot berdi.
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahsda bahsli epizod qayd etildi.
O‘yinining 90-daqiqasida "Qizilqum" futbolchisi o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bosh hakam ushbu vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilib, penalti belgiladi. VAR hakami ham qarorni ko‘rib chiqib, penalti to‘g‘ri belgilanganini tasdiqladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist