locale OZ

UzFHM. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar akademiyasiga saralash jarayonlari davom etmoqda

Hozirda saralashning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UzFHM. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar akademiyasiga saralash jarayonlari davom etmoqda
photo: UzFHM

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar akademiyasiga saralash jarayonlari davom etmoqda.

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasiga nomzodlarni saralash jarayonlari davom etmoqda.

Saralashning birinchi bosqichi noyabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 24 nafar nomzod ishtirok etdi. Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, 9 nafar nomzod keyingi bosqichga saralab olindi.

Hozirda saralashning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur bosqichda jami 20 nafar nomzod ishtirok etayotgan bo‘lib, ularning 7 nafari ayol hakamlikka nomzodlar hisoblanadi.

Saralash jarayonida nomzodlarning futbol o‘yin qoidalarini bilish darajasi, jismoniy tayyorgarligi hamda hakamlik amaliyoti bo‘yicha ko‘nikmalari baholanmoqda. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Hakamlar akademiyasining o‘quv kurslariga qabul qilinadi.

Hakamlar akademiyasida tahsilni muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar kelgusida Birinchi liga, Proliga, Superliga hamda OFK tasnifidagi musobaqalarda faoliyat olib borish uchun tavsiya etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting