locale OZ

UzFHM. Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda

Mashg‘ulotlar FIFAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha instruktori Yuliya Tarasova boshchiligida olib borilib, tinglovchilar uchun maxsus fitness va funksional tayyorgarlik dasturlari tashkil etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda
photo: UzFHM

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda.

Mazkur modul doirasida bo‘lajak hakamlarning zamonaviy futbol talablariga mos nazariy va amaliy tayyorgarligini oshirish, jismoniy holatini yanada takomillashtirish hamda professional faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mashg‘ulotlar FIFAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha instruktori Yuliya Tarasova boshchiligida olib borilib, tinglovchilar uchun maxsus fitness va funksional tayyorgarlik dasturlari tashkil etilgan. Darslar davomida hakamlarning chidamlilik, tezkorlik, harakat koordinatsiyasi hamda o‘yin davomida yuqori intensivlikdagi yuklamalarga moslashuv darajasini oshirishga qaratilgan mashqlar bajarilmoqda.

Shuningdek, tinglovchilar xalqaro standartlar asosida jismoniy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish, maydondagi harakatlanish texnikasi va o‘yin vaziyatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting