UzFHM Andijon – OKMK uchrashuvidagi bahsli vaziyat boʻyicha izoh berdi
Bosh hakamning yakuniy qaroriga koʻra, gol hisobga olindi.
Photo: Andijon FK
Oʻzbekiston Superligasi 23-turidan oʻrin olgan “Andijon” – OKMK bahsining 30-daqiqasida mezbonlar tomonidan kiritilgan gol yuzasidan hakamlar brigadasi VAR orqali tekshiruv oʻtkazdi.
Mazkur epizodda chiziq hakami dastlab ofsayd ehtimolini qayd etgan boʻlsa-da, bosh hakam VAR xonasidan olingan koʻrsatmalarni inobatga olib vaziyatni batafsil koʻrib chiqdi.

Video takroriy koʻrsatmalar asosida hujum paytida “Andijon” futbolchisi ofsayd chizigʻidan toʻliq chiqmaganligi aniqlandi. Shu bois bosh hakamning yakuniy qaroriga koʻra, gol hisobga olindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor