locale OZ

“Uyat”: Rafinya Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini tanqid qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Uyat”: Rafinya Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini tanqid qildi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya ayni damda AQSh mezbonligida o'tayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini tanqid qildi.

“O'ynashga majbur bo'lgan turnirda ishtirok etish uchun ta'tildan voz kechish uyat. Futbolchilardan hech qachon sanalar yoki ular o'ynashni xohlashlari haqida so'rashmagan”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmayapti.

Ma'lumot uchun, Rafinya o'tgan mavsum barcha turnirlarda 57 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting