locale OZ

Usmonali Ismonaliyev: “Bunyodkor”ga qarshi oʻyindan keyin yuzimiz yorugʻ boʻldi. Jamoamizni saqlab qoldik va endi OCHL bahsiga tayyorlanyapmiz

“Burgutlar” boʻlajak oʻyinga Toshkentda astoydil tayyorgarlik koʻrishmoqda va butun eʼtibor 24-dekabr oqshomida oʻtadigan bellashuvga qaratilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usmonali Ismonaliyev: “Bunyodkor”ga qarshi oʻyindan keyin yuzimiz yorugʻ boʻldi. Jamoamizni saqlab qoldik va endi OCHL bahsiga tayyorlanyapmiz
photo: Andijon fk

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi uchun joriy yilgi mavsum hali yakuniga yetmagan. Boisi, 24-dekabr kuni jamoamizni Qatarda Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi doirasida “Al-Ahli”ga qarshi juda muhim uchrashuv kutib turibdi.

“Burgutlar” boʻlajak oʻyinga Toshkentda astoydil tayyorgarlik koʻrishmoqda va butun eʼtibor 24-dekabr oqshomida oʻtadigan bellashuvga qaratilgan.

“Andijon”ning yetakchi oʻyinchilaridan biri Usmonali Ismonaliyev “Al-Ahli”ga qarshi boʻladigan juda muhim oʻyinga koʻrilayotgan tayyorgarlik boʻyicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- “Andijon” jamoamizni oldida ikkita muhim oʻyin turgandi. Hayriyatki, safarda “Bunyodkor”ga qarshi oʻyinni gʻalaba bilan yakunladik. Endi esa oldimizda Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi yana bir jiddiy uchrashuv qarshisidamiz. Boʻlajak oʻyinga tayyorgarlik qanday kechayotgani, jamoani kayfiyati, umuman muhimlilik darajasidan kelib chiqib nimalarni ayta olasiz?

- Xudoga shukr, “Bunyodkor”ga qarshi oʻyindan keyin yuzimiz yorugʻ boʻldi. Jamoamizni saqlab qoldik va endi OCHL bahsiga tayyorlanyapmiz. Orada bir haftalik damga chiqqandik. Shundan keyin yana astoydil hozirlik koʻrishga kirishganmiz. Boʻlajak oʻyin ular uchun ham, lekin koʻproq biz uchun juda zarur. Koʻproq ehtiyotkorlik bilan oʻynaymiz. Xudoga shukr, tayyorgarligimiz zoʻr boʻlyapti. Jarohatdagilar ham tarkibga qaytishyapti. Hammaga tayyorgarlik jarayonida oʻz holatiga kelib olish uchun vaqt boʻlyapti. Biz raqibdan qoʻrqmayapmiz. Barcha uchrashuvga qanday tayyorgarlik koʻrgan boʻlsak, bu safargisiga ham shunday va yanada koʻproq masʼuliyat bilan tayyorlanyapmiz.

- Darvoqe, “Bunyodkor”ga qarshi oʻyindagi chiroyli golingiz barchamizni yodimizda saqlanib qoldi. Oʻsha golingizga qanday taʼrif berasiz? Masalan, faoliyatingizdagi eng chiroyli golingizmi?

- Xudoga shukr, oʻzim uchun ham yaxshi boʻldi. Faoliyatim davomidagi eng chiroyli gollarimdan biri desam ham boʻladi. Muhim gollarni ham koʻp urganman. Hozircha chiroylirogʻi bunisi. Oʻzim uchun eng kerakli uchrashuvdagi eng muhim gol deb hisoblayman. Chunki oʻshanda biz 2:1 hisobida gʻalaba qozondik.

- “Al-Ahli” bilan uchrashuvda ham gol urishingizga ishnayotgandirsiz-a?!

- Balki bitta, balki ikkita gol hal qilar. Gol baribir gʻalabaga olib keladi. Golni men uramanmi yoki boshqasimi, farqi yoʻq. Lekin raqib darvozasini ishgʻol etishga harakat qilaman. Jamoamizning gʻalabasiga hissa qoʻshishga bor kuchim bilan harakat qilaman.

- OCHL 2 musobaqasining guruh bosqichidagi oxirgi oʻyinimiz hisoblanadi. “Al-Ahli”ga qarshi Andijondagi uchrashuvdan keyin raqib borasida qanday taassurotlar qolgan? Aytaylik, qatarliklarni plyus va minus tomonlari nimada?

- Ularni deyarli barcha nuqtalari kuchli, ammo bizda ham kuchli. Faqat raqibda biroz tajribaliroq. Shunga qaramay, ular bilan oʻynasa boʻladi. Bizdan ikki-uch barobar ustun joyi yoʻq. Chunki biz Qatarga gʻalabaga ishonib boramiz. Koʻrdinglar, oʻz uyimizda 0:0 oʻynadik. Balki oʻshanda ham yutishimiz mumkin edi. Bizda bir qancha imkoniyatlar boʻlgan. Qatarga yuqori kayfiyatda borib, yaxshi natija bilan qaytishga harakat qilamiz. Bu oxirgi oʻyin va biz uchun final. Yutsak keyingi bosqiga chiqamiz, durang ham bizni qoniqtirmaydi. Bungacha 5 ta oʻyinda durang oʻynadik, ammo yutadigan oʻyinlarimiz ham boʻlgan. Masalan, oʻz uyimizda “Arkadag”ga qarshi uchrashuvda golimizni hisoblashmadi, xato qilishdi. Bizda imkoniyatlar koʻp boʻlgandi. Oʻsha uchrashuvgacha biz har 4-5 kunda oʻynayotgandik. “Al-Ahli”ga qarshi oʻyingacha esa biz ancha dam oldik. Xudo xohlasa, Qatardagi bellashuvga oldingilardan-da kuchliroq tayyorlanib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting