locale OZ

Usmon Toshevning yubileyi nishonlandi

Terma jamoalar rahbari 60 yoshga to‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usmon Toshevning yubileyi nishonlandi
Фото: ЎФА

Tajriba orttirgan mutaxassis, FIFA va OFK instruktori, hozirda terma jamoalar rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan futbol faxriysi Usmon Toshev 60 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘FAda yubiley tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda futbol faxriylari, mutasaddilar, jamoatchilik vakillari hamda Usmon Qudratovich bilan birga faoliyat olib borgan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘FA faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov futbol jamoatchiligi nomidan Usmon Qudratovichni tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi. Shuningdek, Respublika sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va taniqli murabbiy Rauf Inileev uning futbolchi hamda murabbiy sifatidagi faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Bugungi kunda terma jamoalarimiz erishayotgan yutuqlardagi o‘rni e'tirof etilib, minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting