locale OZ

Usmon Dembele Zinedin Zidanni ortda qoldirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usmon Dembele Zinedin Zidanni ortda qoldirdi
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
29.04.2025, Yak.
Arsenal
0
Paris Saint-Germain
1

UEFA Chempionlar Ligasi yarim final bosqichining dastlabki o'yinida PSJ “Arsenal” maydoniga safar qilib, 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.

Uchrashuvdagi yagona golga parijliklarning fransiyalik vingeri Usmon Dembele mualliflik qildi.

Shu tariqa, Dembele Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gol urish bo'yicha (9 ta gol) Zinedin Zidan va Antuan Grizmanni (8 ta gol) ortda qoldirib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining eng yaxshi fransiyalik to'purarlari quyidagicha:

  1. Karim Benzema - 34 ta
  2. Kilian Mbappe - 24 ta
  3. Tyerri Anri -12 ta
  4. Usmon Dembele - 9 ta
  5. Zinedin Zidan - 8 ta
  6. Antuan Grizman - 8 ta
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting