Usmon Dembele PSJ bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yangi kelishuv 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Foto: Getty Images
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Parij klubidagi faoliyatini davom ettiradi. 29 yoshli fransiyalik futbolchi klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Yangi kelishuv 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Tomonlar shartnomani yaqin haftalarda rasman imzolashi kutilmoqda.
Dembelega Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchi Parijda qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Dembele PSJ safida 2023-yildan buyon to‘p surmoqda. U parijliklar tarkibida 138 ta uchrashuvda maydonga tushib, 61 ta gol urgan va 43 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist