Usman Dembele «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi
«PSJ» hujumchisi Usman Dembele Londonning «Arsenal» klubiga qarshi boʻlib oʻtadigan Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvida maydonga tusha olishini tasdiqladi. Ushbu muhim bahs 30 may kuni oʻtkaziladi. Avvalroq fransiyalik futbolchi Fransiya chempionatining 34-turidan oʻrin olgan «Parij»ga qarshi oʻyinda (1:2) jarohat olib, 27-daqiqadaoq maydonni tark etgan edi.
«Hammasi juda yaxshi ketyapti. «Parizh» bilan oʻyinda biroz qoʻrqib ketgandim, lekin hozir ahvolim joyida va finalda oʻynayman. 100 foiz tayyor boʻlamanmi? Ha, shunday boʻlsa kerak. Bunga shubham yoʻq, 30-may kuni maydonga tushishdan umidvorman.
Faoliyatimda, xoh «PSJ»da boʻlsin, xoh undan oldin, ayniqsa muhim oʻyinlar oldidan koʻplab mayda va jiddiy jarohatlar boʻlgan. Shu sababli final oldidan tavakkal qilmasdan, oʻyinni toʻxtatishni afzal koʻrdim», — deya Dembelening soʻzlarini keltiradi RMC Sport.
Maʼlumot uchun, Dembele joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 19 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga ulgurdi.