locale OZ

Urugvay yetakchi futbolchilari va Bielsa o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan — El Espectador

Futbolchilar murabbiyning qarorlaridan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Urugvay yetakchi futbolchilari va Bielsa o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan — El Espectador
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
26.06.2026, Yak.
Urugvay
0
Ispaniya
1

Urugvay terma jamoasi futbolchilari Federico Valverde, Manuel Ugarte, Rodrigo Bentancur va Serxio Rochet jamoa bosh murabbiyi Marcelo Bielsa bilan uchrashuv so‘rashdi. Bu haqda JS El Espectador xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "osmon ranglilar" futbolchilari haddan tashqari yuklamalardan norozi, natijada ba’zilari jarohat olayotganini ta’kidlashmoqda.

Futbolchilar, shuningdek, murabbiyga JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Ispaniyaga qarshi qarshi hujumlarda o‘ynash istagini bildirganlar.

Shundan so‘ng Bielsa butun jamoani yig‘ib, 48 daqiqa davomida vaziyatga o‘z qarashlarini bayon etdi.

Ta’kidlanishicha, ba’zi futbolchilar o‘rindan turib, uchrashuvdan chiqib ketishgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting