locale OZ

Urosh Koyich — OKMK FK futbolchisi

Klub va futbolchi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi «2+1» tizimida rasmiylashtirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Urosh Koyich — OKMK FK futbolchisi
Фото: ОКМК

Olmaliqning OKMK FK jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Serbiyalik hujumkor yarim himoyachi Urosh Koyich bilan rasman shartnoma imzolandi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi «2+1» tizimida rasmiylashtirildi.

22 yoshli yangi futbolchimiz asosan Serbiya chempionatlarida toblangan bo‘lib, faoliyati davomida «Borats», «Indjiya» va «Loznitsa» kabi klublar sharafini himoya qilgan. U professional darajada jami 87 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Urosh Koyich professional faoliyatiga qadar «Vojdovats U-19» jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting