locale OZ

Upamekanoga asosiy da'vogar jamoa ma'lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, “qirolicha klub” Dayoni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Upamekanoga asosiy da'vogar jamoa ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma imzolash uchun muzokaralarni boshlashga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bundesliganing yetakchisi 27 yoshli fransiyalik markaziy himoyachini jamoada ushlab qolmoqchi. Biroq u faoliyatini “Real”da davom ettirish istagida.

Qayd etilishicha, “qirolicha klub” Dayoni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Dayot Upamekano “Bavariya” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning “nemis mashinasi” bilan shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting