Upamekano «Real»ga o‘tishni xohlamoqda
Shu bilan birga, fransiyalik himoyachini "Liverpul" va "PSJ" ham kuzatib bormoqda.
ФОТО: Getty images
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, futbolchi “Real”ga o‘tishni istamoqda.
27 yoshli futbolchi uchun "Real"ga transfer faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti hisoblanadi.
Shu bilan birga, fransiyalik himoyachini "Liverpul" va "PSJ" ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakat qilmagan.
Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist