locale OZ

Uotkins: «Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yakunda raqib qarshiligini yengdik»

"Aston Villa" o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uotkins: «Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yakunda raqib qarshiligini yengdik»
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins Yevropa Ligasi finalida “Frayburg” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yakunda raqib qarshiligini yengdik. Men ko‘plab finallarni ko‘rganman, ularda standart vaziyatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Uchrashuv ancha ehtiyotkorlik bilan kechdi, ammo keyin biz standart holatni juda yaxshi amalga oshirdik. Bu — unutilmas tajriba. Aynan shunday lahzalarni orzu qilasan», — dedi Uotkins TNT Sportsga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, finalda «Aston Villa» «Frayburg»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi va ushbu musobaqada zafar quchgan oltinchi ingliz jamoasiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting