locale OZ

Uotkins “Al-Hilol” bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Endi Saudiya klubi transferni yakunlash uchun “Aston Villa” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uotkins “Al-Hilol” bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
Foto: Getty Images

“Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishga yaqin. Angliyalik futbolchi Saudiya jamoasi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi “Al-Hilol” bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi Saudiya klubi transferni yakunlash uchun “Aston Villa” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Avvalroq Uotkinsning transferi “Al-Hilol”ga 55,8 million yevroga tushishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Angliyalik hujumchi yangi mavsum boshlanishidan oldin Saudiya klubiga o‘tish istagini bildirgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Uotkins 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting