locale OZ

\"Uotford\" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Uotford" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi
Photo: Getty Images

“Uotford” bosh murabbiyi Tom Kleverlini iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab murabbiy bilan xayrlashgan. “Uotford" Chempionshipda mavsumni turnir jadvalida 14-o'rinda tugatdi. Qolaversa, ketma-ket 5 o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Eslatib o'tamiz, Tom Kleverli 2007 yildan 2015 yilgacha “Manchester Yunayted” jamoasida to'p tepgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting