locale OZ

Uoker: «Manchester Siti»ga barcha sovrinlarni haqli ravishda qo‘lga kiritgan jamoaga munosib munosabatda bo‘lish kerak»

Klubga qanday jazo berilishi hozircha ma’lum emas.
Uoker: «Manchester Siti»ga barcha sovrinlarni haqli ravishda qo‘lga kiritgan jamoaga munosib munosabatda bo‘lish kerak»
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda «Byornli» sharafini himoya qilib kelayotgan Kayl Uoker «shaharliklar»ga oid ish yuzasidan izoh berdi. Klub moliyaviy qonunbuzarliklar uchun jiddiy jazo olishi mumkin.

«Bizga barcha sovrinlarni munosib va halol qo‘lga kiritgan jamoa sifatida munosabatda bo‘lishlarini xohlayman. Bu oson bo‘lmadi, buning uchun ko‘p harakat qildik. Men nafaqat o‘yinchilar, balki muxlislar haqida ham gapiryapman. Ular bu g‘alabalarga munosib», - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Talksport.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgani e’lon qilingan edi. Klubga qanday jazo berilishi hozircha ma’lum emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting