locale OZ

United MFL – yangi tashkil qilingan Media liga uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Ligada jami 16 ta jamoa ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
United MFL – yangi tashkil qilingan Media liga uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi
Фото: UzPFL

United MFL Media Futbol Ligasi – O‘zbekistonda media futbol yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yangi liga hisoblanib, futbolni shunchaki o‘yin emas, balki media va auditoriya bilan uyg‘unlashgan zamonaviy sport formati sifatida shakllantirishni ko‘zlaydi.

Ligada jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda 15 ta jamoa nomi ma’lum:

UFU Legends, Tanish-bilish, F-River, You Too, Avangers, A1, Sherdor Media, Benom, Emperia, Label Boys, Alliance, Galaxy, Cosmos, Blackstone va Prime XI

16-jamoa esa saralash bosqichi orqali aniqlanadi. Saralashda Alfraganus, Neyron, Afruz va Mercury jamoalari ishtirok etadi. G‘olib jamoa asosiy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Asosiy liga bahslari 28 fevral kuni 1-tur o‘yinlari bilan start oladi. Musobaqa 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi.

9 fevral kuni Toshkent shahridagi Humo Arenada liganing dastlabki turniriga qur'a tashlash marosimi tashkil etildi. Ushbu marosimda jamoalar guruhlarga ajratildi va g‘oliblik uchun kurash yo‘lidagi raqiblarini bilib oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting