locale OZ

“Uni tinch qo‘ying” — Juliano Simeone Alvares haqida

Argentinalik futbolchi hujumchini tanqid va muhokamalardan xoli qoldirish kerakligini ta’kidladi.
“Uni tinch qo‘ying” — Juliano Simeone Alvares haqida
Foto: Getty Images

“Atletiko Madrid” yarim himoyachisi Juliano Simeone jamoadoshi Xulian Alvares atrofidagi transfer gap-so‘zlariga munosabat bildirdi. Argentinalik futbolchi hujumchini tanqid va muhokamalardan xoli qoldirish kerakligini ta’kidladi.

“Bu haqda gapirayotganlar uni tinch qo‘yishi kerak. U biz bilan va biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Simeone. Uning ta’kidlashicha, Alvares jamoa uchun juda muhim futbolchi va dunyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Alvares Chempionlar Ligasi 1-turida “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda Markos Lorentening goliga assistentlik qildi. “Atletiko” safardagi bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, Alvaresning “Barselona”ga ehtimoliy transferi so‘nggi paytlarda yana muhokama qilinmoqda. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yanvar oyida transferni talab qilmoqchi emas va kamida mavsum oxirigacha “Atletiko”da qolishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting