locale OZ

Undav — Bundesligada mart oyi eng yaxshi futbolchisi

“Shtutgart” Bundesligada turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Undav — Bundesligada mart oyi eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

Germaniya chempionatida mart oyi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, sovrin “Shtutgart” hujumchisi Denis Undavga nasib qildi.

Ovoz berish vaqtida u hammadan ko‘p ovoz to‘pladi. Germaniyalik 29 yoshli futbolchi o‘tgan oyda Bundesligada 4 ta o‘yinda 5 ta gol urgan.

Undav so‘rovnomada Paul Nebel (“Maynts”), Yan Diomande (“Leyptsig”), Hennes Berens (“Haydenhaym”), Konstantinos Kulierakis (“Volfsburg”) va Igor Matanovichni (“Frayburg”) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, “Shtutgart” Bundesligada turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting