Unai Emeri: Hozir futbol butun maydon bo‘ylab individual o‘yinga aylanib bormoqda
Unai Emeri taktik tendensiyalar haqida fikr bildirdi.
«Hozir futbol butun maydon bo‘ylab individual o‘yinga aylanib bormoqda. Yil sayin personal (yakama-yakka) o‘ynaydigan, eng yaqin raqibiga hatto maydon markazida ham pressing qiladigan jamoalarni ko‘proq ko‘ryapsiz. Biz personal qo‘riqlashga to‘liq o‘tish jarayoniga guvoh bo‘lyapmiz.
Ushbu taktik tendensiyaning natijasi shundaki, biz yakkakurashlar soni oshgan, to‘p uzatish uchun vaqt kamaygan va himoyachilar ortidagi bo‘shliqlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘paygan o‘yinlarni kuzatmoqdamiz.
Jan Pero Gasperini buni yillar davomida «Atalanta»da qo‘lladi, endi esa «Roma»da amalga oshirmoqda. Italiya, Ispaniya va Angliyadagi ko‘plab jamoalar ham ayni shu g‘oyani o‘z o‘yinlariga singdirishga urinishmoqda.
O‘yin tezlashdi va to‘g‘ridan to‘g‘ri (vertikal) bo‘lib qoldi, uzatmalar soni esa kamaydi. Biz ham odatdagidan ko‘ra ko‘proq vertikal futbol o‘ynayapmiz.
Futbol taktik jihatdan o‘zgarmoqda, vazifa esa — shunga moslashish».