locale OZ

Unai Emeri «Aston Villa»ning Yevropa Ligasi chorak finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi

Jamoa nimchorak finalda «Lill»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Unai Emeri «Aston Villa»ning Yevropa Ligasi chorak finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining Yevropa Ligasi chorak finaliga yo‘llanma olgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Nimchorak final bosqichida Birmingem klubi Fransiyaning «Lill» jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Bu shunchaki fantastika. Ikki yil avval biz Konferensiyalar Ligasi chorak finalida, o‘tgan yili Chempionlar Ligasi chorak finalida o‘ynagan edik. Mana, bu yil Yevropa ligasining chorak finalida ishtirok etish arafasidaturmiz.

Biz ushbu bosqich oldidan motivatsiya va g‘ayratga to‘lamiz. 1/8 finalda muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi hayratlanarli darajada bo‘ldi. Ishqibozlar ajoyib atmosfera yaratib berishdi», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Qayd etish joizki, «Aston Villa» so‘nggi yillarda qit’a miqyosidagi turnirlarda barqaror ishtirok etib, har mavsumda kamida chorak final bosqichiga qadar yetib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting