Unai Emeri 120 yil ichida ketma-ket 10 ta o'yinda gʻalaba qozongan ilk «Aston Villa» murabbiyiga aylandi
Angliya Premyer-ligasining 17-turi doirasida «Aston Villa» «Manchester Yunayted» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Unai Emeri boshchiligidagi jamoa barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 10 ta uchrashuvda zafar quchdi.
Qolaversa, ispaniyalik mutaxassis «Aston Villa» tarixida so‘nggi 120 yildan ortiq vaqt ichida ikki bor 10 o‘yinlik g‘alabali seriya qayd etgan ilk murabbiyga aylandi. Bu haqda Squawka’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti xabar bermoqda.
Avvalroq «Aston Villa» APLda «Bornmut» (4:0), «Lids Yunayted» (2:1), «Vulverhempton» (1:0), «Brayton end Xouv Albion» (4:3), «Arsenal» (2:1) va «Vest Hem Yunayted» (3:2)ni mag‘lub etgan edi. Yevropa Ligasi doirasida esa birmingemliklar «Makkabi» Tel-Aviv (2:0), «Yang Boyz» (2:1) va «Bazel» (2:1) ustidan g‘alaba qozongan.
Ayni paytda «Aston Villa» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 36 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Unai Emeri shogirdlari 27 dekabr kuni safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.