locale OZ

Umtiti 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

U 2018 yil Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Umtiti 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

“Barselona” va Frantsiya terma jamoasining sobiq markaziy himoyachisi Samuel Umtiti 31 yoshida professional faoliyatini yakunladi.

«Ko‘tarilish va pasayishlarga to‘la, sermazmun kareradan so‘ng ‘xayr’ deyish vaqti keldi... Men maydonda hammasiga borimni berdim va hech narsadan afsuslanmayman.

Barcha klublar, prezidentlar, murabbiylar va men bilan ishlagan futbolchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman», – deb yozdi Umtiti ijtimoiy tarmoqlarda.

Yozda u “Lill” bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng jamoasiz qolgan edi. Salomatlik muammolari sababli u 2024 yil yanvaridan beri maydonga tushmagan.

Ma’lumot uchun, Umtiti 2018 yil Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting