Umar Eshmurodov: Endi muxlis sifatida davom etamiz
Futbolchi O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
photo: gettyimages
Umar Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Nasaf»ning 33 yoshli himoyachisi bu haqda instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Milliy jamoa — orzu, sharaf, or-nomus, g‘urur...
Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!» — deb yozib qoldirdi futbolchi.
Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatiga chiqishida asosiy himoyachilardan biri edi. U saralashda 8 ta bahsda harakat qilgandi.
Umarga mundialda o‘ynash imkoniyati berilmadi. U uchala o‘yinda ham zaxirada qoldirildi va Avazbek O‘lmasaliyev hamda Botirali Ergashev bilan bir qatorda maydonga tushmagan uch futbolchidan biri bo‘ldi. Ya’ni bosh murabbiy Fabio Kannavaro 26 o‘yinchining 23 nafaridan foydalandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor