locale OZ

Ulug’bek Baqoyev: «Buxoro» ikkinchi golni urishdan avval raqib o'yinchisi bizning futbolchimizga jarohat yetkazdi»

“So'g'diyona” ustozi jamoasu mag'lubiyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Ulug’bek Baqoyev: «Buxoro» ikkinchi golni urishdan avval raqib o'yinchisi bizning futbolchimizga jarohat yetkazdi»
ФОТО: Getty images

“Buxoro” – “So'g'diyona” (2-1) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalo "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib birinchi bo'lib gol urdi, shundan keyin bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqishni xohlagandik. Ikkinchi taymda ular yana to'p kiritdi. Lekin asosiy gap shundaki, "Buxoro" ikkinchi golni urishdan avval raqib o'yinchisi bizning futbolchimizga jarohat yetkazdi, futbolchimiz maydonga yiqildi, hakam esa qoida buzilganini ko'rmadi shekilli, o'yinni davom ettirdi va raqib burchak zarbasiga ega bo'ldi. Burchak to'pidan keyin ikkinchi gol kiritildi.

Nima deyishim mumkin, hakamni g'alaba bilan tabriklash kerak. Bu vaziyatda hakam futbolning ustidan ochiqchasiga kuldi. Har bir jamoa o'yinlarga tayyorgarlik ko'radi, mashg'ulot o'tkazadi, maydonga tushadi, lekin mana shunday epizodlar chiroyli bo'lmagan holatni yuzaga kelirmoqda. Hakam go'yoki shu epizodni ko'rmadi, lekin bu muhim vaziyat edi. Keyin raqib ikkinchi golni urdi va shundan keyin engil o'ynashga o'tdi. Biz hisobni qisqartirganimiz bilan boshqa to'p kirita olmadik. Endi Kubok o'yinlariga hozirlik ko'ramiz.

- Buxorolik murabbiy sifatida "Buxoro" jamoasining hozirgi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Jamoa kuchga tayangan futbol namoyish etyapti. Maydonga tushgan har bir futbolchi nima qilish kerakligini bilyapti. Bugun ikkita teng kuchli jamoa o'zaro kurash olib bordi deb o'ylayman. "Buxoro"ning o'yini menga yoqyapti.

- Maydonga tushmagan Doriev haqida nima deya olasiz?

- U chigalyozdi mashg'ulot payti jarohat oldi, UZI qilganimizdan so'ng ma'lum bo'ladi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting