locale OZ

Ulug’bek Baqoyev: «Bu durangga loyiq bahs bo‘ldi»

Jizzaxliklar safarda «Xorazm» bilan durang qayd etdi.
Ulug’bek Baqoyev: «Bu durangga loyiq bahs bo‘ldi»
Фото: Сўғдиёна ПФК

“Xorazm” – “Soʻgʻdiyona” (0-0) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi

— Xo‘sh, eng birinchi muammo — bu, albatta, sun’iy qoplama bo‘ldi. Tabiiy chimdan sun’iy maydonga o‘tish... ochig‘ini aytsam, aynan shundan xavotirda edik. Shunga yarasha o‘zimizga o‘yin uchun aniq bir reja tuzib oldik.

Birinchi bo‘limda tashabbus «Xorazm» tomonida bo‘ldi. To‘p nazoratini ushlab turishdi, hujumlar tashkil qilishdi, xavfli vaziyatlar yaratishdi. Birinchi bo‘limda, to‘g‘risi, bizda hamma narsa ham o‘xshayvermadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin jonlandi, ancha hujumkor ko‘rinish oldi. Keyin bir qator almashtirishlarni amalga oshirdik, zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirishdi. Umuman olganda, fikrimcha, bu durangga loyiq bahs bo‘ldi.

Qisqasi, «Xorazm» uchun ham, biz uchun ham... xolisona aytganda, bugun ikki jamoa ham durangga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Yigitlarga maydonda borlarini berishgani va umuman butun o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. «Xorazm» jamoasiga esa kelgusi bahslarda omad tilayman. Rahmat.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting