locale OZ

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada tunab ketildi

Voqea Shvetsiyaga qarshi oʻyin oldidan sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ukraina terma jamoasi Ispaniyada tunab ketildi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 saralash pley-off bosqichi yarimfinalida Shvetsiyaga qarshi (1:3) bahs oldidan Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

O‘g‘rilar Ukraina terma jamoasi Benidorm shahrida hal qiluvchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda mehmonxonaga bostirib kirishgan. Futbolchilar o‘z xonalaridan bir necha ming yevrolik qimmatbaho soatlar, hashamatli buyumlar va naqd pullar yo‘qolganini ko‘rib, qattiq tushkunlikka tushib qolishgan.

Ushbu noxush hodisadan so‘ng o‘tkazilgan bahsda Shvetsiya g‘alaba qozonib, pley-offning final bosqichiga yo‘llanma oldi va u yerda Polsha bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati kelasi yozda uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi. 2022 yilgi finalda argentinaliklar Fransiya bilan bahsda (asosiy vaqt 3:3) penaltilar seriyasida (4:2) zafar quchishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting