locale OZ

Ukraina Polsha bilan birgalikda Jahon chempionatini o‘tkazmoqchi

Ukraina va Polsha 2012-yilgi Yevropa chempionatiga hamkorlikda mezbonlik qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ukraina Polsha bilan birgalikda Jahon chempionatini o‘tkazmoqchi
Foto: Getty Images

Ukraina va Polsha kelajakda futbol bo‘yicha Jahon chempionatini birgalikda qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ukraina sport vaziri Matviy Bidniyning ma’lum qilishicha, Kiyev FIFA tomonidan mezbon hali belgilanmagan navbatdagi mundial uchun Polsha bilan qo‘shma ariza topshirishga qiziqmoqda.

Vazirning aytishicha, hozirgi taqvimdan kelib chiqib, Jahon chempionatini qabul qilish uchun eng yaqin bo‘sh imkoniyat 2040-yillarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu sabab Ukraina bu masalani hozirdanoq uzoq muddatli loyiha sifatida rejalashtirishni istamoqda. Polsha tomoni ham mazkur imkoniyatni muhokama qilayotgani aytilmoqda.

Bidniy ikki davlatning bunday yirik turnirni birgalikda tashkil etish tajribasi borligini eslatdi. Ukraina va Polsha 2012-yilgi Yevropa chempionatiga hamkorlikda mezbonlik qilgan. Uning fikricha, kelajakdagi Jahon chempionati uchun ham shu modelni takrorlash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2030-yilgi Jahon chempionatining asosiy mezbonlari Ispaniya, Portugaliya va Marokash, 2034-yilgi mundial esa Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting